Filippinda shunday afsona bor. Magellan bilan birga orollarga kelgan katolik rohiblari mahalliy bolani choʻqintirib, unga xristian duolarini oʻrgatishadi. Magellan vafotidan keyin ekspeditsiya shoshilinch ravishda chekinishga majbur boʻladi. Shu payt rohiblar suv ustida ularning ortidan yugurib kelayotgan bolani koʻrib qolishadi. — Padre! — deb baqiradi u. — Men duoning soʻzlarini unutib qoʻydim. Iltimos, eslatib yuboring! Rohiblar unga nima deb javob berishgan?
"Agar sen suv ustida yugurayotgan boʻlsang, u senga kerak emas".