Layka ismli itni koinotga u halok boʻlishini oldindan bilib turib yuborishgan. Shundan soʻng, BMTga Missisipi shtatidan bir guruh ayollardan xat keladi, unda ular SSSRda itlarga nisbatan gʻayriinsoniy munosabatni qoralab, shunday deyishadi: "Agar fan rivoji uchun koinotga tirik mavjudotlarni yuborish kerak boʻlsa, bizning shahrimizda buning uchun istalgancha ULAR bor". Qaysi asarda ULARning soni asta-sekin kamayib boradi?