Diqqat, savolda almashtirish bor. Sovet jurnalisti Albertas Laurinchyukas "Dollarning uchinchi tomoni" kitobida eslashicha, sovet raketasi Layka iti bilan koinotga koʻtarilganda, BMT matbuot markaziga Missisipilik bir guruh ayollardan maktub kelgan. Unda ular Xavfsizlik Kengashi yigʻilishida Sovet Ittifoqida itlarga nisbatan gʻayriinsoniy munosabat masalasini muhokama qilishni talab qilishgan. Ular shunday yozishgan: "Agar fan rivoji uchun koinotga tirik mavjudotni yuborish kerak boʻlsa, nega bu maqsadda bechora kuchukchalardan foydalanasiz, axir birgina bizning shahrimizda istalgancha SHAYTONCHALAR bor-ku". Ismsiz SHAYTONCHALAR oʻtgan asrning 80-yillaridagi sovet filmida muhim rol oʻynagan. Ushbu savolda qaysi soʻz "shaytonchalar" soʻzi bilan almashtirilgan?