Genri Longfelloning "Gayavata haqida qoʻshiq" dostonida qudratli Mejekivisning oʻgʻli, iliq Janubiy shamol Shavondazi semiz, dangasa va ogʻirkarvon edi. Faqat bir gʻam uning qalbini oʻrtardi. U yashil libos kiygan, sochlari quyoshdek tilla rang, qaddi-qomati kelishgan bir qizni sevib qoldi. Muhabbat azobida u qizga faqat uzoqdan tikilardi. Ammo bir kuni ertalab Shavondazi toʻsatdan mahbubasining jingalak sochlari oʻngib, qordek oppoq boʻlib qolganini koʻrdi. U gʻazab bilan akasi Shimoliy shamolni ayblab, uni goʻyo Shimol ertaklari bilan sehrlab, qayligʻini oʻgʻirlaganlikda aybladi. Va bu uning mahbubasini butunlay halok qildi — u toʻsatdan gʻoyib boʻldi. Shavondazi kimni shunchalik sevgan edi?