Bir safar mehmondorchilikda shifokorlar parhez buyurgan I.A. Krilov turli taomlarga ochko‘zlik bilan qarab turgan edi. Buni yosh yigitlardan biri payqab qolib: "Xudoyim! Qarang, Ivan Andreyevich qanday yonib ketyapti! Ko‘zlari bilan hamma narsani yeb qo‘ygisi kelyapti-ya!" deb xitob qildi. Ushbu pichingga Krilov shunday javob berdi: "O‘zingiz uchun xavotir olmasangiz ham bo‘ladi, menga... taqiqlangan". Masalchi faylasufning o‘tkir javobini bir so‘z bilan yakunlang.