Aytishlaricha, ushbu yozuvchi AQSHdagi Prinston universitetida maʼruza oʻqiyotganida, bir ayol undan soʻragan ekan: "Ot — bu feministik ibtidoning ifodasi ekanligi rostmi?". — "Yoʻq, — deb javob beribdi yozuvchi. — Ot — bu shunchaki ot. U sizning boshingizga kirib oldimi? Demak, u kuchliroq. Mayli, oʻtlab yuraversin". Biz "ot" soʻzi bilan qaysi soʻzni almashtirganimizni soʻramaymiz. Ushbu yozuvchining familiyasini ayting.