Amerikalik maktab oʻquvchisi Natan Zoner soʻrovnoma oʻtkazdi va unda ishtirokchilarga maʼlum bir kimyoviy birikmani taqiqlash toʻgʻrisidagi talabnomaga imzo chekishni taklif qildi. Bunda ishtirokchilarga ushbu birikmaning katta miqdori saraton oʻsimtalarida aniqlangani, gaz holatida u ogʻir kuyishlarga olib kelishi, oshqozonga koʻp miqdorda tushsa qusishni keltirib chiqarishi, nafas yoʻllariga kirishi esa oʻlimga olib kelishi mumkinligi haqida maʼlumot berildi. Soʻrovnoma ishtirokchilarining mutlaq koʻpchiligi talabnomani imzoladi. Gap qaysi birikma haqida ketayotgan edi?