gotquestions.online

1998-yil boshida Amerikaning "Sceptical Inquirer" jurnali AQSHda oʻtkazilgan soʻrovnoma haqida xabar berdi, unda xavfli birikma — digidrogen monooksidni taqiqlash talab qilingan edi. Unga kislotali yomgʻirlar tarkibida yuqori miqdorda boʻlishi, barcha kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroblar va saraton hujayralarida mavjudligi, meʼmoriy yodgorliklarning emirilishi va metallar korroziyasidagi ishtiroki kabi faktlar ayb qilib qoʻyilgan. Soʻralgan ellik kishidan koʻpchiligi ushbu moddadan foydalanishni taqiqlash haqidagi talabga imzo chekishga rozi boʻldi. Faqat bir kishi eʼtiroz bildirib, bu... ekanligini aytdi. Xoʻsh, bu nima?

Manba