Umumiy ovqatlanish muassasalari direktorlari milliy assotsiatsiyasi raisi Kristof Eber yaqinda Fransiya maktab oshxonalari nafaqat bolalar salomatligi haqida qaygʻurishi, balki ularga anʼanaviy fransuz oshxonasi retseptlarini oʻrgatishi va ularni kelajak avlodlarga yetkazishi kerakligini aytdi. "Pazandachilik vatanparvarligi" tarbiyasi doirasida USHBU MAHSULOTNI endi maktab oshxonalarida faqat qovurilgan kartoshka bilan va haftada faqat bir marta isteʼmol qilish mumkin, chunki pazanda-vatanparvarlarning fikricha, uni ishlatganda bolalar ovqatning taʼmini sezmay qoladilar. Ushbu mahsulotni ayting.