Buyuk yunon faylasufi Platon oʻzidan kam boʻlmagan buyuk faylasuf Demokrit bilan kelisha olmas edi. Bu kelishmovchilik natijasida u Demokritning asarlarini oʻziga xos tanqid shakliga duchor qilmoqchi boʻldi, vaholanki bunday tanqid shakli ungacha yunon jamiyatida deyarli mavjud emas edi. Pifagorchilar Amikl va Kliniy uni bu fikridan qaytarib, Demokritning kitoblari juda koʻp odamlarning qoʻlida ekanligini aytishdi. Biroz vaqt oʻtgach, Platonning ushbu tanqidiy uslubini butun bir tashkilot oʻzlashtirib oldi va ular ham men, yaʼni sizning boshlovchingiz hozir bu yerda qilayotgan ish bilan shugʻullanishlarini daʼvo qilishdi. Ushbu tashkilotni ayting.
inkvizitsiya (Platon bu kitoblarni yoqib yubormoqchi edi)