Bir bor ekan, bir yo'q ekan, uchta yunon do'st bo'lgan ekan. Ulardan biri donolikni sevardi, ikkinchisi so'zlarga befarq emasdi, uchinchisi esa qog'ozni yaxshi ko'rardi. Birinchisini odamlar faylasuf, ikkinchisini filolog deb atashgan, uchinchisi uchun esa faqat rimliklar nom o'ylab topishgan. Uchinchi do'st hozirgi kunda nima to'plagan bo'lardi?