Gabrovo shahri aholisining tejamkorligi va topqirligi hammaga maʼlum, hatto bu haqda latifalar ham bor. Aytishlaricha, bir safar Gabrovo shifoxonasida jarohatlangan chet ellikka yordam koʻrsatishibdi. Birinchi muolajadan soʻng bemor oʻzini yaxshi his qilib, unga "yordam bergan" mahalliy aholi vakilini saxovat bilan mukofotlabdi. Ikkinchi muolajadan soʻng bemor juda kamtarona munosabatda boʻlibdi, uchinchi muolajadan soʻng esa umuman hech narsa bermabdi. U qanday muolajalarni qabul qilgan edi?
Qon quyish. (Gabrovolikning qoni oʻz taʼsirini koʻrsatgan.)