Savolda bir soʻz boshqa bir soʻzga almashtirilgan Gabrovoliklarning tejamkorligi va qurimsoqligi haqida turli xil latifalar yuradi. Shunday latifalardan birida Gabrovoliklar barcha yuqori tabaqali mehmonlarga oʻzlarining sodiq fuqarolik tuygʻularining ramzi sifatida bumerangni sovgʻa qilishar ekan. Albatta bundan amaliy maqsad bor. Diqqat savol siz maqsadni emas almashtirilgan soʻzni ayting!