Rina Zelyonaya konsertlarida koʻpincha besh yoshli qizcha aytib bergan ertakni oʻqib berardi. Ertak shunday boshlanardi: "Bor ekan, yoʻq ekan, chol bilan kampir bor ekan. Kampirning feʼli yomon boʻlib, u juda zolim ekan. Doim cholni urishar, hatto baʼzan urar ham ekan! Chol esa koʻp yigʻlarkan. Bir kuni chol oʻrmonga oʻtin tergani ketibdi...". Bu ertakda chol bir parini uchratibdi, pari uning bittagina tilagini bajarishni taklif qilibdi. "Chol oʻylab-oʻylab, paridan uni avtomobilga aylantirib qoʻyishini soʻrabdi. Pari jilmayib, tayoqchasini siltabdi va cholni avtobusga aylantiribdi. Shunda...". Keyin nima boʻlgan?