Korney Chukovskiy keksayganida shunday hikoyani aytib berishni yaxshi ko'rardi. "Dachaga yaqinlashyapman, qarasam — daraxtda, shoxning ustida qizcha Lenochka uchib o'tiribdi. Men aytdim: 'Lenochka, shoxda uchma, u sinib ketadi, yiqilib tushasan, anavi yerda ajoyib arg'imchoq turibdi, shunda uch'. U javob berdi: 'Xo'p bo'ladi, Korney Ivanovich, men arg'imchoqda uchaman'. Bir oz vaqt o'tgach, yana o'sha yerdan o'tayotib qarasam — qizcha Lenochka yana shoxda uchib o'tiribdi. Men jahlim chiqib: 'Lenochka, sen menga arg'imchoqda uchaman deb va'da berganding-ku', dedim. U esa..." Qizcha nima deb javob bergan?
"Men Lenochka emasman, MENING ONAMNING ismi LENOCHKA".