Multfilm versiyalaridan biriga koʻra, bu yoʻqotishda uchar gilamda usta yonidan nooʻrin vaqtda uchib oʻtgan Olouddin va uning Yasmini aybdor. Kinoversiyalardan biriga koʻra esa, bu yoʻqotishga bir keltning haddan tashqari semizligi sabab boʻlgan. Men anʼanadan chetga chiqib, shunga oʻxshash yoʻqolgan obyekt qahramon sifatida qatnashadigan asar muallifining ismini soʻramayman, balki sizdan "qurbon"ni nomlashingizni soʻrayman.