Gabriel Garsia Markesning "Yuz yil tanholikda" romanida Makondo shahri aholisini qamrab olgan gʻalati kasallik tasvirlanadi. Bu kasallik xotira yoʻqolishiga sabab boʻladi va shahar aholisi turli buyumlar, hatto uy hayvonlarining nomi va vazifasini tushuntiruvchi lavhalar yasashga majbur boʻlishadi. Shahar kirishiga "Makondo" deb yozilgan plakat, shahar markazidagi boshqa bir plakatga esa qisqa bir tasdiq yozib qoʻyiladi. Qadim zamonlardan hozirgi kungacha hech kim uni aniq isbotlay olmagan va rad ham eta olmagan boʻlsa, bu qanday tasdiq edi?