Jerald Darrell ushbu hayvonlarning jangini shunday tasvirlagan: "Hayvonlardan biri ikkinchisini burchakka qisib, boshi bilan turtardi; raqibini yonboshiga yiqitib, gʻolib ham yonboshlab yotar va tirnoqlari bilan uni yorib tashlashga harakat qilardi". Agar qaysi hayvon haqida gap ketayotganiga shubha qilayotgan boʻlsangiz, oʻzini himoya qilish maqsadida bajarilgan oddiy arifmetik amalni eslang va uning natijasini ayting.