Sherlok Xolms ular bilan yakkama-yakka jangga kirishishiga toʻgʻri kelgan. Mana shunday "jang"lardan birining tavsifi: "...men Xolmsning ushbu tilla-yashil maxluq bilan, qornida koʻplab olijanob ayollarning obroʻ-eʼtibori yotgan ajdarho bilan boʻlgan jangdan qanchalik zavq olayotganini tushunardim". Bunday "jang"larga kirishadigan odamlarni qanday atashlariga qarab, ularning raqibi umuman ajdarho emasligini bilish mumkin. Unda u kim?