Bugungi kunda Elba oroli asosan Napoleon Bonapartning sobiq shaxsiy qamoqxonasi sifatida tanilgan. Shishali vitrinalar tokchalaridan, u yerdagi kafelarning barcha burchaklaridan tashrif buyuruvchilarga oʻtirgan, tik turgan, yon tomondan, old tomondan, ot ustida tasvirlangan Bonapart qarab turadi. Oroldagi deyarli har bir uyda unga bagʻishlangan yodgorlik lavhasi bor. Ayting-chi, "U Renso" trattoriyasi peshlavhasi ostida mijozlarni jalb qiluvchi qanday yozuv bor?
Buyuk Napoleon bu yerda hech qachon ovqatlanmagan, hech qachon!