Mashhur ingliz olimi, tarixchi Gibbon juda yoqimsiz qiyofaga ega edi. U past boʻyli, toʻlachadan kelgan, goʻshtdor yuzli odam edi. Yonoqlari dahshatli darajada shishgan, oldinga boʻrtib chiqqan edi, natijada ular orasida chuqur egat hosil boʻlib, u yerda kichkinagina burun joylashgan edi. Bir kuni u Parijga tashrif buyurdi va xonim Dyudeffanga tanishtirildi. Gibbon unga tanishtirilganda, u gʻazab bilan: "Bu qanday ahmoqona hazil!" deb xitob qildi. Diqqat, savol: Ushbu ayol qanday jismoniy nuqsondan aziyat chekar edi?
U koʻr edi (va tanishtirilganda yuzni ushlab koʻrib, oʻzi uchun tasavvur hosil qilardi. Endi Gibbonning yuzini ushlab koʻrganda u nima deb oʻylaganini tasavvur qiling...).