Fransuzlarning "Ameli" filmida qizaloq Ameli fotoavtomatdagi notanish kishining sirini yechishga harakat qiladi. Eski va tashlab yuborilgan fotosuratlarni yigʻuvchi fotografning albomida u bir xil odamning juda koʻp suratlarini topadi. U nima uchun shaharning turli joylarida tezkor suratga tushib, keyin sifatli suratlarni darhol tashlab yuborish kerakligini uzoq vaqt tushunolmaydi. Siz esa, hurmatli bilimdonlar, bir daqiqadan soʻng ayting, bu odam kim edi?