Rejissyor Jan-Pyer Jyonening "Ameli" filmi koʻplab noaniqliklarga boy. Masalan, bosh qahramon doʻkondor Kolinyonning ota-onasinikiga borgan sahnada, koʻchada oʻsha paytda Fransiyada hali paydo boʻlmagan yangi rusumdagi avtomobil turganini koʻrish mumkin. Ushbu holatga izoh berar ekan, Jyone: "... ular yumaloq, 'Ameli' esa burchaklarni silliqlaydigan hikoyadir", deydi. Ushbu avtomobil markasini ayting.