Agar talaba yomon oʻqigan boʻlsa-yu, keyin harakat qilib qolsa, hamma oʻqituvchilar ham buni qabul qilishga tayyor emas. Oʻqituvchilarga yaxshi oʻqiy boshlaganingizni isbotlash uchun sizga... kanselyariya qisqichi (skrepka) yordam berishi mumkin. Aynan qanday qilib?
Sinaluv daftarchasining (zachotka) toʻldirilgan sahifalarini ushbu qisqich bilan qisqtirib qoʻyish kerak. Oʻqituvchi ularni ochishga iymanadi, eski baholaringiz esa u uchun psixologik toʻsiq boʻlib xizmat qilmaydi.