Ma'lumki, dunyoning etti moʻjizasidan biri boʻlgan maqbara xarobalari ritsarlar-ioannitlar qal'asi uchun qurilish materiali boʻlib xizmat qilgan. Keyinchalik qal'a turklarga oʻtdi va yevropalik olimlar uni ziyorat qilish imkoniga ega boʻlmadilar. Bir fransuz sultondan qadimiy relyef qoldiqlarini koʻzdan kechirish uchun qal'aga kirishga ruxsat oldi, lekin undan foydalanishga jur'at etmadi. Gap shundaki, qal'a komendanti boshqa bir muhim ruxsatnoma yoʻqligini koʻrsatgan. Aynan qaysi ruxsatnoma?