Dunyoning barcha mamlakatlarini ushbu belgi boʻyicha ikki toifaga boʻlish mumkin. Birinchi guruhga kiruvchi davlatlar oldingizdagi roʻyxatda keltirilgan. Bular: Afgʻoniston, Bangladesh, Bahrayn, Bruney, Butan, Vatikan, Gvineya, Jibuti, Qatar, Kiribati, Komor orollari, Quvayt, Mavritaniya, Maldiv orollari, Mikroneziya, Nauru, Birlashgan Arab Amirliklari, Somali, Saudiya Arabistoni, Tuvalu. Ikkinchi guruhning yorqin vakillari sifatida Chexiya, Belgiya, Germaniyani koʻrsatish mumkin. Bir daqiqadan soʻng, birinchilarda nima qilinmasligini, lekin ikkinchilarda qilinishini yozib bering va bunda sizga bir paytlar Vyacheslav Nevinniy ijro etgan qoʻshiq yordam bersin.