Ikkita roʻyxatni tinglang. Birinchisi: Boliviya, Zair, Syerra-Leone, Afgʻoniston, Fransiya. Ikkinchisi: kit moʻylovi, mixlar, yirik shoxli mol, pivo, sigaretalar, fil dumi qillari. Ikkinchi roʻyxatni bir soʻz bilan ayting va birinchi roʻyxat qaysi tamoyil asosida tuzilganiga javob bering.
Ikkinchi roʻyxat — pul (turli vaqtlarda pul sifatida ishlatilgan), birinchi roʻyxatdagi mamlakatlarda esa pul birligi nomi mamlakat nomi bilan deyarli mos keladi.