Diqqat, iqtibosda "bor" soʻzi almashtirilgan. Iqtibosni tinglang: Dengizning kulrang tekisligi uzra shamol bulutlarni yigʻmoqda. Bulutlar va dengiz oraligʻida qora chaqmoqqa oʻxshash Boʻronqush magʻrur parvoz qilmoqda. Goh qanoti bilan toʻlqinlarga tegib, goh oʻqdek bulutlarga koʻtarilib, u qichqirmoqda va — bulutlar qushning mardona qichqirigʻida shodlikni eshitmoqdalar. Bu qichqiriqda — boʻronga tashnalik bor! Gʻazab kuchi, ehtiros alangasi va gʻalabaga boʻlgan ishonchni bulutlar bu qichqiriqda eshitmoqdalar. Endi savoldagi biz almashtirgan soʻzni va uni nima bilan almashtirganimizni ayting.