Yahudiy oshxonasida masalliqlarning ramziy ma’nosi katta rol o‘ynaydi. Masalan, ma’lum bir salatni tayyorlash uchun lavlagi, yong‘oq, olxo‘ri qoqisi va brinza kerak bo‘ladi. Grek yong‘og‘i inson miyasini eslatadi. Salat ixtirochilari lavlagining yuqori qismini emas (bu mantiqan to‘g‘riroqdek tuyulsa-da), ildiz qismini ishlatish orqali ayyorona kombinatsiyalar aynan kalla ichida tug‘ilishini ta’kidlaydilar. Olxo‘ri qoqisi va brinza esa ushbu salat kimning sharafiga nomlangan bo‘lsa, o‘sha insonning faoliyat turiga ishora qiladi. Bu insonning familiyasini ayting.