Sud jarayoni ketmoqda. Qotillikda ayblanayotgan shaxsga qarshi dalillar yetarli, ammo qurbonning jasadi topilmagan. Advokat o'zining so'nggi nutqida shunday deydi: — Janob maslahatchilar! Hozir sud zaliga qurbon kirib keladi! Bir necha o'n soniya kutishdan so'ng eshikdan hech kim kirmaydi va advokat davom etadi: — Lekin barchangiz, janob maslahatchilar, o'girilib eshikka qaradingiz. Demak, siz hali ham mening himoyam ostidagi shaxsning aybdorligiga shubha qilyapsiz, demak, siz hali ham begunoh odamni hukm qilishdan qo'rqyapsiz. Shunga qaramay, maslahatchilar "aybdor" degan hukm chiqarishadi. Ular hayron qolgan advokatga o'z qarorlarini qanday mantiqiy tushuntirishgan?
Sizning himoyangiz ostidagi shaxs eshikka o'girilib qaramadi.