Sud zalida sudyadan tashqari 12 emas, balki 42 nafar hakamlar hay’ati bor edi. Zal markazida hukmni aniqlaydigan asbob turardi. Sudning yana bir necha ishtirokchilari bo‘lishi shart edi. Asbob ortida turgan kishi hukmni yozib olishga tayyor bo‘lgan kotib edi. Zalga javobgar olib kirilardi. Javobgar hech qanday jinoyat qilmaganini ta’kidlab va nimalar qilmaganini batafsil sanab, uzoq nutq so‘zlardi. Pulli bo‘lsa, sudyalarni aybsizligiga ishontirish ancha oson edi. Hukm chiqarilgandan so‘ng, ishni qayta ko‘rib chiqish imkonsiz edi. Xo‘sh, bunday tarzda kimlar sud qilingan?