Kunlarning birida Molla Nasriddinning qarindoshlaridan biri uning ko‘nglini juda ovlabdi, buning evaziga Nasriddin uning har qanday iltimosini bajarishga va’da beribdi. Qarindoshi shunchalik xursand bo‘lib ketibdiki, nima so‘rashni hech o‘ylay olmabdi. Uzoq o‘ylanishlardan so‘ng, nihoyat u: "Menga ertagacha muhlati ber, o‘ylab ko‘rib aytaman", debdi. Nasriddin bunga rozi bo‘libdi. Nima uchun ertasi kuni Molla Nasriddin uning iltimosini bajarishdan bosh tortgan?
U iltimosni bajarib bo‘lgan edi, unga ertagacha o‘ylash uchun muhlat bergandi.