Eʼtiboringizga Leningrad politexnika instituti bitiruvchisining kitobidan bir nechta iqtiboslar havola etiladi. Soʻzlardan birining oʻrniga "nepallik" soʻzi ishlatiladi. "Mening qora koʻzlilarim, biz buyuk va haq yoʻlga qadam qoʻydik. Nepalliklar aytishadi: boshqalarga quloq sol, lekin oʻz bilganingcha ish tut... Yerdagi birinchi aravani nepalliklar yasashgan. Nepal gʻildiragi nafaqat armiya va davlat hayotini oʻzgartirdi, balki tarixning oʻz yoʻnalishini burib yubordi... Nepalliklar birinchi boʻlib ruda eritishni boshladilar. Nepal tuprogʻidan eng qadimgi buyumlar, poʻlat va metalldan yasalgan mehnat qurollari chiqib, dunyoga tarqaldi... Dunyo tillaridagi nepalcha "er" soʻzi "ser", "gerr"ga aylandi... Faqat nepallik nepallikni nepallik qiladi..." "Nepallik" soʻzi oʻrniga ishlatilgan soʻzni ayting.