[Agar sizning maydonchangizda tarqatma materiallarni yuzi pastga qaratib tarqatish va boshlovchining buyrugʻi bilan agʻdarish odat boʻlmasa, savolning birinchi qismida «Uni agʻdarmaslikni va darhol tashlab yuborishni tavsiya qilamiz» soʻzlari oʻrniga: «Unga qaramaslikni, yaxshisi darhol tashlab yuborishni tavsiya qilamiz» deyishingiz mumkin] Kechirasiz, siz bu tarqatma materialni olmasligingiz kerak edi. Uning savolga aloqasi yoʻq. Uni agʻdarmaslikni va darhol tashlab yuborishni tavsiya qilamiz. U haqidagi xabar AQSHda shok holatini keltirib chiqardi. Butun mamlakat boʻylab qoʻrquvga tushgan amerikaliklar U vaqti-vaqti bilan garaj eshiklarining radio qulflarini ochib yuborganini xabar qilishgan. UNI oʻzbekcha yoki inglizcha... xohlasangiz koreyscha nomini ayting.