[Boshlovchiga: muhokama boshlanganidan 30 soniya oʻtgach: «10 soniya» deb ayting (yoki jamoalarga daqiqa tugayotganini bildiruvchi odatiy signalni bering), biroq daqiqa yakuni va javob yozish uchun 10 soniyani toʻgʻri hisoblang. Agar maydonchangizda tarqatma materialni yuzi pastga qaratib tarqatish va boshlovchi buyrugʻi bilan agʻdarish odat boʻlmasa, savolning birinchi qismidagi «Uni agʻdarmaslikni va darhol tashlab yuborishni tavsiya qilamiz» soʻzlari oʻrniga: «Unga qaramaslikni, yaxshisi darhol tashlab yuborishni tavsiya qilamiz» deb aytishingiz mumkin] Kechirasiz, siz bu tarqatmani olmasligingiz kerak edi. Uning savolga aloqasi yoʻq. Uni agʻdarmaslikni va darhol tashlab yuborishni tavsiya qilamiz. Lukas Braun Grozniyda Ruslan Chagayevga qarshi oʻtkazgan jangini eslaydi. Braunning aytishicha, Chagayevni nokaut qilish qiyin boʻlgan, chunki Lukasning muvaffaqiyatli hujumlariga javoban odatda... zarbasi yangrardi. Gapni bir soʻz bilan yakunlang.