B. Akuninning "Chayka" pyesasi A.P. Chexovning "Chayka" asari final sahnasining o'ziga xos davomidir. Sahnalardan birida Nina Zarechnaya Trigorin haqida shunday deydi: "Sen-ku, Borenka, Irina Nikolaevna yonida mutlaqo (bo'sh joy)ga aylanib qolding. Xuddi ...dagidek". Keyin familiya va asar nomi keltiriladi. Akuninning hazili tushunarli, faqat haqiqatda Nina bunday o'xshatishni keltira olmas edi, chunki bu asar Chexov "Chayka"ni yozganidan bir necha yil o'tgachgina nashr etilgan. Ushbu asarni ayting.