Tasavvur qiling, siz jenshen qidiruvchisiz. Qoʻlingizda oʻtlarni titish uchun tayoq bor. Bilagingizda yogʻoch bilaguzuklar — tumorlar. Ustingizda esa zigʻir moyida qaynatilgan dagʻal matodan fartuk bor. U sizni shabnamdan himoya qiladi. Belingizda esa boʻrsiq terisi osigʻliq. Vaqti-vaqti bilan uni yoyib, ustiga oʻtirasiz. Nima uchun aynan uning ustiga?