U va U (ayol) qon rishtalari bilan bogʻlangan boʻlsalar-da, hech qachon haqiqiy er-xotin boʻlishmadi. ULARNING ismlari bir xil harf bilan boshlanadi, buning ustiga U — bir vaqtning oʻzida shaxmat boʻyicha ikkita jahon chempionining deyarli adaşi va koʻproq oʻzining kichraytirilgan ismi bilan mashhur. Noksvillik kishi — U (ayol) dunyoga kelishiga sababchi boʻlgan inson — UNI oʻldirmoqchi edi. UNI oʻlimdan qutqargan inson esa ULARNI mashhur qildi. Ommaviy axborot vositalari tufayli ULAR Amerikaning shunchaki kult qahramonlariga aylanishdi. ULAR oʻzlarini vahshiylarcha tutgan boʻlsalar-da — lekin U va U (ayol) tugʻilishidan shunday edilar. ULARNING ikkalasini ikki soʻz bilan ayting.