Hozirda buni tayyorlash jarayoni soddalashtirilgan boʻlishi mumkin. Ilgari esa, Milorad Pavich yozganidek, kumush, suyak, ot qili, sadaf va atirgul novdasi kerak boʻlar edi; oʻzimdan qoʻshimcha qilaman — yana qora daraxt ham. Bunga odatda oʻsimlik dunyosiga mansub bir narsa ilova qilinadi, uni Alisa (tarjimalardan birida) yo ip, yo zerikarli choʻziqlik bilan adashtirib yuborgan. Shunchalik qiyinchilik bilan tayyorlangan narsani ayting.