gotquestions.online

Ko‘pchiligingiz mehmonxona, bar va restoranlarda dunyoning turli shaharlaridagi vaqtni ko‘rsatuvchi yonma-yon turgan bir nechta soatni ko‘rgansiz. Sankt-Peterburgdagi qadimiy jangchilarni eslatuvchi kafelardan birida ham shunday bir juft soat bor, biroq ular bir xil vaqtni ko‘rsatadi. Birining ostida "Sankt-Peterburg", ikkinchisi ostida esa Rossiyaning tuman miqyosidagi shahri nomi yozilgan. Ta’kidlash joizki, agar kafe uzunqanotlilar turkumiga kiruvchi qushlar kenja turkumi nomi bilan atalganda ham, ushbu soatlar juftligi o‘z mantiqini saqlab qolgan bo‘lardi. Biz sizdan qaysi shahar haqida gap ketayotganini so‘ramaymiz, kafening nomini ayting.

Manba