Strugatskiylarning "Dushanba shanbadan boshlanadi" qissasi qahramoni sehr yordamida doktorlik kolbasasi bilan buterbrod yaratishga harakat qiladi. Avvaliga unda sariyogʻ surtilgan doktorlik xalati paydo boʻladi. Vaziyatni tuzatishga urinishda xalatning yengi sigir dumiga aylanadi, yangi aniqlashtirishdan soʻng esa xalatga ichida buterbrod boʻlgan kristall yopishib qoladi. Qizigʻi shundaki, biroz avvalroq qahramon oddiy odamga juda oʻxshash dublyor yaratgan edi, faqat bitta farqni hisobga olmaganda. Ushbu farqni tasvirlab bering.