Oʻz vaqtida Moskvada rivojlanayotgan sanoat yangi ishchi kuchini talab qildi va uning zavod hamda fabrikalariga yersiz kambagʻallar oqib kela boshladi. Begona shahar, ogʻir mehnat, qashshoqlik — bularning barchasini kelgindilar oʻz tanalarida his qilishdi. Aynan oʻshanda: "Moskva kimga ..., kimga esa — ..." degan maqol paydo boʻldi. Hurmatli bilimdonlar! Ikkala tushirib qoldirilgan soʻzni bitta oʻsimlik nomi bilan ayting.