"Komsomolskaya pravda" jurnalistlari bolalar oʻrtasida mashhur iborani kim aytgani haqida soʻrov oʻtkazdilar. Boshqa javoblar qatorida quyidagilar olindi: — Bunday soʻzlar bilan kapitan Vrungel "Beda" yaxtasida oʻz sayohatini boshlagan. — Akam bilan avvaliga bu Putin deb oʻyladik, lekin keyin aʼlochi doʻstimizga qoʻngʻiroq qildik va u buni Lenin ekanligini aytdi. — Aniq esimda yoʻq. Nazarimda, buni poygachi Mixael Shumaxer aytgan. Chet elliklarga esa boshqa savol bilan murojaat qilishdi: bu odam kim? Amerikalik maktab oʻquvchisi shunday javob berdi: "Kimligini aniq eslay olmayman, lekin oʻshanda ruslar bizni magʻlub etishgan edi". Shvetsiyalik qiz bu shahar deb taxmin qildi, uchta fransuz esa u aniq pokemon emasligini taʼkidladi. Uning familiyasini ayting.