Jon Kolyerning hajviy hikoyasida ulkan kemaning qaytish reysida faqat ikki yoʻlovchi bor edi: bosh qahramon ayol va uning eri. Ayolga goh bort ortida qolib ketayotgan Parij modasidagi shlyapa koʻrinar, goh sochidan tortishar, goh yoqasidan nimanidir ichiga tushib ketgandek boʻlardi. Biroq u bunday holatlar haqida ogohlantirilgan edi va koʻrsatmalarni qatʼiy bajardi. Ayting-chi, kema kapitanining ismi nima edi?