Tatyana Tolstoyning "Kys" romani qahramoni Benedikt oʻz kutubxonasidagi kitoblarni juda qiziq tasniflagan. Masalan, bir qatorda unda: Klim Voroshilov, "Klim Samgin", Ivan Klima, "Klimaks: nimalarni bilishim kerak?" va hatto kimdir K.Li ning "Beton qurilishida maksimal yuklama: hisob-kitoblar va jadvallar. Dissertatsiya huquqida" asari turgan. Benedikt boshqacha tamoyilni quyidagi asarlarga nisbatan qoʻllagan: "Gagarin: biz Yurani eslaymiz", "Tatar ayollar kiyimi", "Baliqlarda mimikriya", "Dadaistlar: koʻrgazma katalogi", "Titikaka koʻli". Bu qatorda rus va fransuz adabiyoti klassiklarining asarlari mavjud. Har birining nomi — qahramon ayolning ismi. Ikkala asarni ham ayting.