Agar biz baʼzi boshqa tillarga xos boʻlgan (hozirgi yoki oʻtmishdagi) qoidalar boʻyicha yozganimizda, ehtimol, bu ikkisini yozuvda farqlashimiz qiyin boʻlar edi. Birinchisi koʻplab fantastik, baʼzan paradoksal hikoyalarni soʻzlab bergan. Ikkinchisi esa oʻzi paradoksal hikoya qahramoniga aylangan, buning natijasida hatto uning mavjudligiga shubha tugʻilgan. Bundan tashqari, uning tanasining ayrim qismlari mashhur adabiy oʻxshatishda ishlatilgan. Xoʻsh, ular bilan nima qiyoslangan edi?