Bu insonning taxalluslarga boʻlgan ishtiyoqi hayratlanarli edi. Balki bunga uning hayoti gʻayrioddiy voqealarga boy boʻlgani sababdir: u Napoleon armiyasida intendant boʻlib xizmat qilgan, Italiya, Germaniya, Avstriyada boʻlgan, bir necha bor Angliyaga borgan, butun Fransiyani kezib chiqqan. Uning bir nechta shaxsiy xatlarini tasodifan olib koʻraylik. Imzolar: "Kotone, Galyar, F. de Marten, A.L.Febyurye, Jyul Pardessyu, Adolf de Seysels, zerikkan baron Dorman, Komarten". Nomaʼlum taxalluslar ichida eng mashhuri — Sezar Bombe. Uni butun dunyo taniydigan taxallusni ayting.