Mark Rafalov oʻzining "Futbol qoidalari haqida suhbat" kitobida biz biroz tahrirlagan savolni oʻrtaga tashlaydi. Mana oʻsha savol: "Jamoalardan biri ketma-ket ikki zarba bilan raqib darvozasini ishgʻol qilishi, har ikkala gol ham hisobga olinishi va bunda qarshi jamoaning birorta ham oʻyinchisi toʻpga tegmasligi mumkinmi?" Rafalovning oʻzi buni iloji bor deb javob beradi. Biz esa muntazam chempionat oʻyinidagi bunday vaziyat albatta ikkita son bilan bogʻliq boʻlishini qoʻshimcha qilamiz. Maʼlum bir insonning ijodi ham aynan shu ikki son bilan bogʻliq. Ushbu insonni ayting.