Futbol qoidalariga koʻra, agar toʻp jarima zarbasi, erkin zarba, darvozadan zarba, burchak zarbasi yoki autdan tashlab berishda birinchi tegishdayoq darvozaga yoʻllansa, gol hisoblanmaydi. Oʻtgan oʻn yillikdagi futbol haziliga koʻra, Rossiya terma jamoasi himoyachisi Yuriy Kovtun birinchi boʻlimning oʻzidayoq ikkita gol urib, yangi rekord oʻrnatgan. Agar ikkinchi goldan soʻng darhol Aleksandr Filimonov tomonidan jarohatlanmaganida, mashhur himoyachining yutugʻi yanada yuksakroq boʻlishi mumkin edi. Ushbu savolda biz qaysi toʻrtta harfni bir necha bor tushirib qoldirdik?