gotquestions.online

Mashhur polshalik matematik Vatslav Serpinskiy bir safar boshqa kvartiraga koʻchayotgan edi. Ayoli undan oʻnta qutiga qadoqlangan narsalarni podyezd oldida qarab turishni iltimos qildi, oʻzi esa yuk mashinasi ortidan ketdi. Serpinskiy ishonch hosil qilish uchun qutilarni yana bir bor sanab chiqdi. Ayoli mashina bilan qaytib kelganida, matematik shunday dedi: — Bilasanmi, qutilar atigi toʻqqizta ekan. — Boʻlishi mumkin emas, men bor-yoʻgʻi besh daqiqa yoʻq edim! Haqiqatan ham, birorta ham quti yoʻqolmagan edi. Tushunmovchilikning sababi nimada edi?

Manba